Ogohlantirish vositasi

Portfel maslahatchisi (yoki ogohlantirish vositasi) Kredit byurosi foydalanuvchilariga mijozlar profilidagi o'zgarishlar to'g'risida voqea-hodisalarga asoslangan mantiq orqali xabar berish imkonini beradi. Ushbu vosita yordamida foydalanuvchilar ma'lum bir moliyaviy institut bilan kredit arizasi yoki shartnomasi bo'lgan barcha subyektlar va boshqa moliya institutlari bilan shartnomalari oxirgi “X” kunda sezilarli o’zgarishga uchragan barcha subyektlar ro’yxatini oladi. Ushbu xizmat, ma'lum bir moliya instituti bilan bog'liq bo'lgan har qanday subyekt uchun "muhim o'zgarishlarni" ifodalovchi o'ziga xos triggerlarni aniqlaydi, shu bilan birga bu triggerlarni keltirib chiqaradigan hodisalar, taaluqli subyektlar bilan kredit munosabatlariga ega moliyaviy institut uchun ahamiyatli bo’lishi mumkin.
Shu sababli, katta hajmdagi kreditlani hisobga oladigan domino effektini bartaraf etsa bo’ladi, bundan tashqari u qiziqarli imkoniyatlarni ajratib ko'rsatishi va portfel aktivlarini boshqarishda ulardan foydalanishi mumkin. Bu boshqa kredit tashkilotlari bilan yangi shartnoma ochadigan mijozlarga ham tegishli.

Eng muhim afzalliklari:
• Mijozning pozitsiyasini sezilarli ravishda o'zgartirishi mumkin bo'lgan har qanday bashoratni kuzatish imkoniyati (masalan, mijoz bir nechta muassasalarga kredit olish uchun ariza beradi, bu esa uning barcha qarzlarini to'lash qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin)
• Kredit shoppingi ustidan nazoratni ta’minlash
• Har safar o'zgarish yuz berganda mijozning to'liq kredit pozitsiyasini yangilash
• Bunday o'zgaruvchan hodisalarga asoslangan kredit siyosatini yaxshiroq sozlash qobiliyati
Bizning fikrimizcha, mijozlar turli muassasalarda turli xil kredit shartnomalari tuzganlarida bunday vosita samarali kredit/biznes/kollektorlik siyosatini amalga oshirish uchun zarur. Mijozlarda har xil muassasalardan har xil kredit shartnomalari bo’lishi potensial defolt darajasini oshiradi. Lekin shu bilan birga, banklarga o'z mijozlari bilan ishlashning qiziqarli imkoniyatlarini yaratadi.

Boshqa Yechimlar

CRIF VISUAL 2021 1500

Kredit byuro

Batafsil o'qing
Cut Bnl Case Study

Kredit byurosining skoringi

Batafsil o'qing
Header Mobile

Monitoring vositalari

Batafsil o'qing